AsosiyDunyo

Tramp sudda ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka etib keldi

'Tramp sudda ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka etib keldi'ning rasmi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Nyu-Yorkka etib keldi va u erda seshanba kuni ilk bor sudga chiqadi, deb xabar bermoqda SNN.

Siyosatchi megapolisga Florida shtatidan, uning mulki Mar-a-Lago joylashgan erdan kelgan.

Bugun, 4 aprel sobiq prezident Manxettendagi sud majlisida ishtirok etadi.

30 mart kuni Nyu-Yorkdagi katta hakamlar hay`ati Trampni sobiq aktrisa Stormi Danielsga pul to`lashda Trump Organization moliyaviy hujjatlarini qalbakilashtirish ishi bo`yicha ayblash uchun ovoz berdi.

Prokurorlarning fikricha, u 2016 yil oktyabr oyida, prezidentlik kampaniyasi davom etayotgan vaqtda, aktrisaga munosabatlarini oshkor qilmaslik to`g`risidagi kelishuv uchun kamida 130 ming dollar bergan. Mablag` esa aslida Tramp kampaniyasini moliyalashtirishga qaratilgan edi. Bu Nyu-York shtati qonuniga ko`ra, to`rt yilgacha qamoq jazosini o`z ichiga olgan jinoyatdir.

Tramp o`zining aybsizligini va prezident Jo Bayden ma`muriyati tomonidan siyosiy ta`qibga uchraganini aytmoqda.

Donald Tramp AQSh tarixida jinoiy javobgarlikka tortilgan birinchi sobiq prezident bo`ladi. AQSh Konstitusiyasiga ko`ra, bu uning saylovlarda ishtirok etishiga to`sqinlik qilmaydi.

    Boshqa yangiliklar