AsosiyJamiyat

Nukus ishi bo`yicha 40 ga yaqin mahkum yaqinlari bilan qisqa muddatli uchrashuvlar o`tkazdi

'Nukus ishi bo`yicha 40 ga yaqin mahkum yaqinlari bilan qisqa muddatli uchrashuvlar o`tkazdi'ning rasmi

30 mart kuni Buxoro viloyatidagi tergov hibsxonasida o`tgan yilgi Nukus voqealari bo`yicha sudlangan 39 nafar mahkumning oila a`zolari va yaqinlari bilan qisqa muddatli uchrashuvlar bo`lib o`tdi. Uchrashuvlarga jami 77 kishi keldi.

Uchrashuvlar mahkumlarning yaqinlari murojaat yo`llanganidan so`ng Qoraqalpog`istondagi voqealarni o`rganish bo`yicha mustaqil komissiya tomonidan tashkil etildi.

Ayni paytda tergov hibsxonasida mazkur ish bo`yicha jami 44 nafar mahkum saqlanmoqda. Uchrashuvlarda 5 nafar mahkumning qarindoshlari ishtirok etmadi, deyiladi komissiya xabarida.

mustaqil komissiya, nukus voqealari, qoraqalpog`iston voqealari

Avval xabar qilinganidek, ikki sud jarayoni yakunlariga ko`ra, 61 nafar (22 va 39 nafar) shaxs sudlangan, ulardan 16 nafari sud zalidan ozod etilgan, 1 nafari — Po`lat Shamshetov vafot etgan.

Komissiya mahkumlarning yaqinlari yo`llagan murojaatni olgach, Oliy sudga iltimosnoma yuborgan va ariza qanoatlantirilgan. Shundan so`ng komissiya tomonidan sudlanganlarning oila a`zolari bilan uchrashuvlarini tashkillashtirish, yo`l xarajatlarini qoplash masalasida Jo`qorg`i Kenesga hamda qisqa muddatli uchrashuvlar uchun kerakli sharoitlarni hozirlash bo`yicha Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamenti tergov hibsxonasiga murojaat qilindi.

Xabarda aytilishicha, sudlanganlarga qo`shimcha yo`qlovlar (posilka) ham kiritilgan.

    Boshqa yangiliklar