AsosiyJinoyat

EPS-Topik test imtihoniga noqonuniy kirmoqchi bo`lgan shaxslar ushlandi

'EPS-Topik test imtihoniga noqonuniy kirmoqchi bo`lgan shaxslar ushlandi'ning rasmi

Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun Toshkent shahrida bo`lib o`tayotgan EPS -Topik testida imtihon tartiblariga rioya qilmaslikning oqibatlari haqida ogohlantirilganiga qaramay, fuqarolar L.F. va M.Z. maxsus vositani testga olib kirishga uringan vaqtida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xodimlari tomonidan ushlab qolindi.

Ushbu holat bayonlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.  

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 2 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo`ladi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortiladi.  

    Boshqa yangiliklar