Bugun, 3 aprel kuni Samarqand viloyati Urgut tumanida 3 yoshli bolaning jasadi ariq bo`yidan topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov darakchi uz'ga ma`lum qildi.
Bugun soat taxminan 11:00 da Urgut tumani “Istiqlol” mahallasidagi xonadon yonidan oqib o`tuvchi ariq sel oqibatida toshib ketgan. Tumandagi "Guliston" MFYdan esa 2020 yilda tug`ilgan A.A.ning murdasi ariq chetiga chiqib qolgan holatda topilgan.
Marhum A.A.ning o`limi sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda.






