Bu haqda O`zgidromet bosh direetori ma`lum qildi.
Aytilishicha, bugun kechqurun soat 20.00 dan 23.00 oralig`ida respublikaning sharqiy va shimoliy hududlaridan tashqari boshqa viloyatlarda kuchli yog`ingarchilik kutilmoqda" deyiladi.
Shuningdek, Toshkent shahar hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi.
"Toshkentda kuchli shamol va yomg`ir yog`ishi kuzatilmoqda. Sizdan ehtiyotkorlik choralariga rioya qilishingizni, daraxtlar va temirli qurilmalar tagiga avtomashinalaringizni qo`ymasligingizni so`raymiz" deyiladi hokimlik xabarida.
Eslatib o`tamiz, noqulay ob-havo sharoiti – kuchli shamol, yog`ingarchiliklar bilan bog`liq har qanday favqulodda vaziyatlarda Toshkent shahar hokimligining tegishli xizmatlari bilan (71) 212-69-80, (71) 212-69-82, 1050 va 1055 raqamlariga murojaat qilib bog`lanishingiz mumkin.






