AsosiyJamiyat

Bemorlarning elektron tibbiy ma`lumotlaridan qaerda va qay holatda foydalanish mumkin?

'Bemorlarning elektron tibbiy ma`lumotlaridan qaerda va qay holatda foydalanish mumkin?'ning rasmi

Bugun tibbiyotni elektronlashtirishga har qachongidan ko`proq urg`u berilmoqda. Onlayn poliklinika va tibbiy sug`urta kabi loyihalarda bu yaqqol namoyon bo`lmoqda. 

Bu jarayonda bir savol tug`iladi: xo`sh, butun tizim elektronlashdi deylik, bunda bemorlarning shaxsiy ma`lumotlarining xavfsizligi qanday ta`minlanadi? Bu savolga SSV aniq javob berdi


 O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash kodeksi loyihasiga ko`ra, shaxsiy tibbiy hujjatlarni o`z ichiga olgan elektron tibbiy ma`lumotlarni shakllantirish bemorga tibbiy yordam ko`rsatish doirasida amalga oshiriladi.

Shaxsiy tibbiy ma`lumotlardan foydalanish “Shaxsga doir ma`lumotlar to`g`risida”gi qonun asosida yuritiladi.

 Shuningdek, elektron axborot resurslarini, transchegaraviy hamkorlikdagi tibbiy ma`lumotlarni himoya qilish xususiyatlari xalqaro hamkorlik to`g`risidagi qonun hujjatlariga muvofiq ham belgilanadi.
 Bu ma`lumotlardan mulkiy yoki ma`naviy zarar etkazish, kafolatlangan huquq va erkinliklarni amalga oshirishni cheklash maqsadida foydalanishga yo`l qo`yilmaydi.

 Jismoniy shaxslarning shaxsiy tibbiy ma`lumotlari elektronlashtirilganda ulardan faqat xizmat vazifalarini bajarish doirasida foydalaniladi.

 

    Boshqa yangiliklar