O`zbekiston va Qozog`iston chegarasidagi "G`ishtko`prik" bojxona postida tirbandliklar kuzatilmoqda.
Bojxona qo`mitasi bayonotiga ko`ra, Qo`mita bayonotiga ko`ra, O`zbekistonning “G`ishtko`prik”, “S.Najimov” va “Navoiy”, ️Qozog`istonning “Kazgurt”, “Atameken” va “Qaplanbek” chegara bojxona postlarida qurilish-bunyodkorlik va modernizasiya ishlari amalga oshirilmoqda.
Natijada, aksariyat fuqarolar va engil avtotransport vositalari haydovchilari "G`ishtko`prik" chegara bojxona posti orqali harakatlanmoqda va tirbandliklar kuzatilmoqda.
Hozirda mazkur yo`nalishda “Yallama” (O`zbekiston) – “B.Konsbaev” (Qozog`iston) chegara bojxona posti tunu kun faoliyat ko`rsatmoqda.
Shuningdek, “Malik” (O`zbekiston) – “Sirdaryo” (Qozog`iston), “Oqoltin” (O`zbekiston) – “Selinny” (Qozog`iston) chegara o`tkazish punktlari orqali esa kunning yorug` vaqtida engil avtotransport vositalarida hamda piyoda holda harakatlanish mumkin.
"G`ishtko`prik" (O`zbekiston) – “Jibek Yo`li” (Qozog`iston) chegara bojxona postlari orqali esa piyodalarning harakatlanishlari tavsiya qilinadi.






