Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo`yicha “Katta dubulg`a” musobaqasi o`z yakuniga etdi. Musobaqaning ikkinchi kunida O`zbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin va bronza medallarini qo`lga kiritdi.
- 80 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag`lubiyatga uchratgan Jasur Jaysunov turnir g`olibiga aylandi. Jahon chempioni Svetlana Osipova esa (+73 kg) bronza medaliga sazovor bo`ldi.
Shu tariqa, O`zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqani 2 ta oltin va 1 ta bronza medallari bilan yakunladi. Qayd etish joiz, ushbu turnir lisenzion xarakterga ega bo`lib, dekabr oyida o`tadigan yana bir “Katta dubulg`a” musobaqasi yakuniga ko`ra, Parij-2024 Olimpiya o`yinlarining dastlabki lisenziatlari aniqlanadi.






