AsosiyJamiyat

Toshkent hokimligi ko`chalarni suv bosishining sababini aytdi

'Toshkent hokimligi ko`chalarni suv bosishining sababini aytdi'ning rasmi

Toshkent shahridagi lotoklarning o`rtacha diametri 300 mmga teng. Ular yog`ingarchilik suvlarini kollektorlar va kanallarga etkazadi.

2 aprel kuni 2 soat davomida kuzatilgan kuchli yog`ingarchilik natijasida 20 mm yomg`ir yog`di va bu aprel oyi uchun belgilangan umumiy me`yorning ya`ni 60 mm.ning uchdan bir qismiga teng.

Lotoklar bir paytning o`zida bunday katta oqimni qabul qilishga mo`ljallanmagani bois, shahrimizdagi bir necha manzilgohlarda suv to`planishi kuzatildi.

Bu holatni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida, Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi va uning tuman boshqarmalari, kommunal soha tizimlari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Ichki ishlar bosh boshqarmasining 500 dan ortiq xodimlari va 100 dan ortiq maxsus texnikalari jalb etilib, 23:00 gacha barcha manzillardagi holatlar bartaraf etildi.

    Boshqa yangiliklar