AQShning bir qator shtatlarida tornado qurbonlari soni 30 kishidan oshdi. Bu haqda NBC telekanali xabar bergan. Qayd etilishicha, Tennessi shtatida 13 kishi halok bo`lgan. Arkanzas va Indiana shtatlarida tornado besh kishining hayotiga zomin bo`ldi.
Illinoys shtati rasmiylariga ko`ra, jami to`rt kishi halok bo`lgan. Alabama shimolidagi Medison okrugida bo`ron oqibatida bir ayol halok bo`ldi. Bundan tashqari, Delaver shtatida Sasseks okrugiga bostirib kelgan tornado natijasida bir kishi halok bo`ldi. Missisipi shtatida ham bir kishi halok bo`ldi.
Telekanal ma`lumotlariga ko`ra, prezident Jo Bayden jabrlangan shtatlar rasmiylari bilan aloqada bo`lgan. U o`z ma`muriyatiga "tezkor ehtiyojlar va uzoq muddatli tiklanish bilan yordam berish" ni buyurdi.






