Navoiy viloyatida gaz taqsimlash stansiyasidagi hisoblagichga tashqi ta`sir ko`rsatilishi natijasida davlat manfaatlariga 14,1 milliard so`mlik zarar etkazilgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko`ra, 2023 yil mart oyi Navoiy viloyatida o`tkazilgan nazorat tadbiri davomida Qiziltepa tumani, “Malikobod” MFY hududida joylashgan Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli “Ho`ja-Hasan” gaz taqsimlash stansiyasi sanoat kollektoriga o`rnatilgan elektron gaz hisoblagichga tashqi ta`sir ko`rsatilgani ma`lum bo`ldi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra, davlat manfaatlariga etkazilgan umumiy zarar miqdori 14,1 milliard so`mni tashkil etgan. Ushbu sanoat kollektori orqali tadbirkorlik sub`ektlariga qarashli 3 ta avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchasi va 3 ta issiqxona xo`jaligiga tabiiy gaz etkazib beriladi.
Mazkur holat yuzasidan hozirgi kunda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






