Joriy yilning 2 aprel kuni 12:30 dan boshlangan kuchli yog`ingarchilik natijasida oylik normaning 20 mmgacha yomg`ir yog`ishi kuzatildi.
Natijada, Maxtumquli kochasi, Bunyodkor shoh kochasi Xalqlar do`stligi san`at saroyi (tonnel tag qismi) oldi, Janubiy vokzal old maydoni kabi qator manzillarda suv toshishi yuzaga keldi.
Toshkent shahar hokimligining ma`lum qilishicha, 18:00 tezkorlik bilan tashkil qilingan guruhlar tomonidan suv toshiqini bartaraf etilgan.
“Shuni qayd etish joizki, so`nggi yillarda suv toshishi kuzatilayotgan manzillarda ko`rilgan choralar natijasida o`sha hududlarda bunday holatlar takroran kuzatilmagan. Bu yo`nalishdagi ishlar davom etadi“, deyiladi xabarda.






