AsosiyJamiyat

Toshkentdagi metro bekatini suv bosdi

'Toshkentdagi metro bekatini suv bosdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining "Amir Temur xiyoboni" bekatidan suv oqish holati kuzatilgan video tasvirlar keng tarqaldi.

“Toshkent metropoliteni” DUK tarqalgan video yuzasidan rasmiy munosabat berdi.

“Bunga sabab, bugungi Toshkent shahrida kuzatilgan kuchli yog`ingarchilik ko`chalardagi maxsus irrigasiya yani suv ketish yo`llari (ariqlar) to`lib qolgani va buning natijasida yomg`ir suvlari bekatga tusha boshlagan.

Bu holat mas`ullar tomonidan bartaraf etilgan va poezdlar harakatiga hech qanday to`sqinlik hosil qilmagan”, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar