AsosiyJamiyat

Farg`onada attraksiondan yiqilgan 17 yoshli qizning sog`lig`i haqida ma`lumot berildi

'Farg`onada attraksiondan yiqilgan 17 yoshli qizning sog`lig`i haqida ma`lumot berildi'ning rasmi

Farg`ona viloyati Rishton tumanida joylashgan markaziy istirohat bog`idagi attraksiondan 17 yoshli qiz tushib ketgani haqida xabar berilgandi. Hozirda qizning sog`lig`i qandayligi haqida ma`lumot berildi

2005 yilda tug`ilgan N.O. 23 mart kuni tuman markaziy istirohat bog`idagi “Piraskiy korabl” nomli attraksionda uchayotib, ehtiyotsizlik oqibatida tushib ketib, tan jarohati olgan hamda shu kuni soat 11:00 da tuman tibbiyot birlashmasining qabul bo`limiga olib kelingan. Tekshiruv natijalari bosh miya episxeti, bosh miyaga oz miqdorda qon quyilish, ikkinchi bo`yin umurtqasining tanasida sinish, qovurg`alarida siniq aniqlangan. O`pkadan lat eyish bilan bo`limga yotqizilgan. Hozirgi kunda holati og`ir-stabil. 

Shuningdek, attraksion xodimi bo`lgan voqea haqida aytib berib, qizga xavfsizlik qoidalari dastlab tushuntirilganini ta`kidladi. 

“U qiz bir o`zi shu joyda uchgan. Attraksion to`xtayotganda ehtiyotsizlik oqibatida tirkamani ochib yuborgan. Tirkamalar o`z-o`zidan ochilmaydi. Bu qizga ham o`sha kuni tushuntirdik. O`tirib olgan holatda uchishini, to`xtamasidan tushmasligini aytdik”, — deydi xodim.

    Boshqa yangiliklar