AsosiyJamiyat

Farg`ona va Koreyaning Inchxon shahri o`rtasida to`g`ridan to`g`ri aviareyslar yo`lga qo`yilishi mumkin

'Farg`ona va Koreyaning Inchxon shahri o`rtasida to`g`ridan to`g`ri aviareyslar yo`lga qo`yilishi mumkin'ning rasmi

Farg`ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg`ona viloyati rasmiylari hamda tadbirkorlaridan iborat delegasiya 27-30 mart kunlari amaliy tashrif bilan Koreya Respublikasida bo`lib qaytdi. 

Ikki davlat rahbarlarining say`-harakatlari bilan o`zaro hamkorlikning rivojlanishi o`z o`zidan hududlararo munosabatlarni ham kuchaytirayotgani qayd etildi. Inchxon meri Yu Chon Bok ta`kidlashicha, “O`zbekistonda yashayotgan etnik koreyslar va Inchxonda faoliyat ko`rsatayotgan 10 ming nafarga yaqin o`zbekistonliklar bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda”.

Muloqot chog`ida o`rtaga tashlangan Farg`ona viloyatida Inchxon erkin iqtisodiy zonasi filialini tashkil etish taklifi ikki hudud rahbarlari tomonidan ma`qullandi. Shuningdek, Inchxon shahrida Farg`onaga to`g`ri to`g`ri aviareyslarni yo`lga qo`yish masalasida olib borilayotgan muzokaralar nihoiy bosqichda ekani qayd etildi. Ijtimoiy, ilm-fan, sport, san`at va madaniyat yo`nalishlarida qo`shma tadbirlarni doimiy tashkil etishga ham kelishib olindi.

Kelishuvlarni amalga oshirish bo`yicha Inchxon shahri merining va Farg`ona viloyati hokimining o`rinbosarlari boshchiligida Ishchi guruh tuzish, hamkorlik natijalarini har chorak yakuni bilan onlayn muhokama qilib borishga kelishildi.

Uchrashuvda Koreya-O`zbekiston Biznes assosiasiyasi rahbari Edvard Kim ham ishtirok etdi.

    Boshqa yangiliklar