SSV Matbuot xizmti Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tomonidan Ramazon oyida sog`lom ovqatlanish bo`yicha e`lon qilingan tavsiyalar saharlik va iftorlik uchun taom tayyorlashga doir maslahatlarini e`lon qildi.
Yog`li mahsulotlar, ayniqsa, charvi yoki quyruqli go`sht, qatlamali, yog`/margarin yoki sariyog` qo`shilgan xamirdan tayyorlangan taomlar iste`molini kamaytirish kerak.
Masalliqlarni qovurish o`rniga, ovqat tayyorlashning boshqa, masalan, bug`da, sousda pishirish, kam miqdordagi yog`da qovurib, pechda qizartirish kabi usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.
️Tarkibiga me`yordan ortiq tuz qo`shilgan oziq-ovqatlarni iste`mol qilmang!
- Sosiska, kolbasa, dudlangan, qayta ishlangan va tuzlangan go`sht;
- baliq mahsulotlari,
- zaytun mevasi, sho`r bodring,
- tuzli pishloqlar, gazaklar,
- mayonez, ketchup va xantal qo`shilgan salatlar,
- souslar shular jumlasidandir.
️Ovqat tayyorlashda tuzdan iloji boricha kamroq foydalanish va tuzdonni stol ustidan panaga olib qo`yish tavsiya etiladi.
Pishirilayotgan taomlar ta`mini yaxshilash uchun turli o`t va ziravorlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Sog`liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.






