AsosiyJamiyat

Xorazmdagi zo`rlangan etim qizlar haqidagi nohaqliklardan Bolalar Ombudsmani ham xabar topdi

'Xorazmdagi zo`rlangan etim qizlar haqidagi nohaqliklardan Bolalar Ombudsmani ham xabar topdi'ning rasmi

Xorazmda oilaviy bolalar uyi rahbari uch nafar voyaga etmagan tarbiyalanuvchini 10 oy davomida viloyat adliya boshqarmasi va tuman favqulodda vaziyatlar bo`limi boshliqlari bilan jinsiy aloqada bo`lishga majburlagani haqida xabar berilgandi.

Ushbu  holat ijtimoiy tarmoqlar va OAVlarda keng tarqalib, jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo`lgach, Bolalar Ombudsmani Xorazm viloyatidagi oilaviy mehribonlik uyidagi jinsiy zo`ravonlikka uchragan voyaga etmaganlar holatini o`rganayotganligini ma`lum qildi. 

"Bolalar Ombudsmani bolalarga nisbatan qo`llanadigan har qanday jinsiy jinoyatlarga og`ir jazo turlarini  qo`llash kerak degan pozisiyada.

Bola huquqlari bo`yicha  vakil holatni  nazoratiga oldi va ishga oid barcha hujjatlarni o`rganmoqda" , - deyiladi bayonotda.

 

    Boshqa yangiliklar