Daraxt ag`darilishi oqibatida ikki mashinaga jiddiy shikast etgan.
Joriy yilning 1 aprel kuni Toshkent shahrida daraxt avtomobillar ustiga qulab tushdi.
Hodisa Yashnobod tumani, Sodiq Azimov ko`chasida, taxminan soat 17:50 atrofida sodir bo`lgan.
Daraxt ag`darilishi oqibatida ikki mashinaga jiddiy shikast etgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo`q, voqea joyida yo`l harakati xavfsizligi xodimlari va maxsus texnika bilan ishlaydigan ishchilar ishlamoqda.
Ma`lumot uchun, yiqilgan daraxt sog`lom ko`rinadi, nima sababdan qulagani hali aniq emas.






