AsosiyJamiyat

Yangi hafta qanday ob-havo bilan boshlanishi ma`lum qilindi

'Yangi hafta qanday ob-havo bilan boshlanishi ma`lum qilindi'ning rasmi

"O`zgidromet" 3-5 aprel kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o`zgarib turadi, 3 aprelda yog`ingarchilik kutilmaydi, 4-5 aprelda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi 3 aprelda +15...+20 daraja, 4-5 aprelda +12...+17 daraja bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, 3-4 aprelda Navoiy viloyatida ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 aprelda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3 aprelda +9...+14 daraja, 4-5 aprelda +7...+12 daraja, kunduzi +15...+20 daraja bo`ladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 aprelda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +9...+14 daraja, kunduzi 3-4 aprelda +18...+23 daraja, 5 aprelda +15...+20 daraja bo`ladi.

Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 aprel ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +9...+14 daraja, kunduzi +17...+22 daraja bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, 3-4 aprelda Qashqadaryo viloyatida ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 aprelda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +18...+23 daraja bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlari. Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo`ladi.

Respublikaning tog`li hududlari. Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Baland tog`li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3-4 aprelda ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +9...+14 daraja bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar