AsosiyJamiyat

Deklarasiya topshirishning oxirgi kuni 3 aprelga ko`chiriladi — Soliq qo`mitasi

'Deklarasiya topshirishning oxirgi kuni 3 aprelga ko`chiriladi — Soliq qo`mitasi'ning rasmi

Soliq kodeksi 397-moddasiga ko`ra, soliq to`lovchilar jami yillik daromad to`g`risidagi deklarasiyani 1 apreldan kechiktirmay taqdim etadi.

Soliq qo`mitasi xabariga ko`ra, agar soliq to`g`risidagi qonunchilikda belgilangan muddatning so`nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to`g`ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Bu haqda Soliq kodeksi 5-moddada qayd etilgan.

Shunga muvofiq, 1 aprel ishlanmaydigan kun bo`lganligi sababli jami yillik daromadlar to`g`risidagi deklarasiya topshirishning oxirgi kuni 3 aprelga ko`chiriladi.

Soliq deklarasiyalarini yuborish bo`yicha videoqo`llanma

    Boshqa yangiliklar