Toshkent shahrining Yangihayot—Qipchoq ko`chasi bo`ylab erusti metro liniyasi qurilayotgani sababli daraxtlar ko`chirilmoqda. Holat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi poytaxt boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, qurilish munosabati bilan chinor daraxtlarini quruvchi tashkilot tomonidan boshqarma inspektorlari nazorati ostida maxsus metodlar asosida mutaxassislar jalb qilinib, ko`chirib o`tqazish ishlari amalga oshirilmoqda.
Biroq, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ko`chirilayotgan daraxtlarga shikast etkazilgan bo`lishi mumkinligidan xavotir bildirib, ko`chirish ishlari, daraxtlar soni haqida aniq ma`lumot berilishini so`ramoqda.






