Bugun, 1 aprel kuni tunda soat 01:45 da Toshkent shahar Uchtepa tumani “Paxtakor” MFYda bir biriga tutash qurilgan xonadonlarda yong`in sodir bo`ldi.
Holat yuzasidan FVV matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi.
Ma`lum qilinishicha, 5 ta yong`in-qutqaruv ekipaji hodisa joyiga etib borib, yong`in soat 02:31 da o`rab olingan va soat 02:37 da bartaraf etilgan.
Yong`in natijasida "Kichik halqa yo`li" ko`chasida joylashgan xonadon oshxonasining 15 kv.m maydonda tom qismi, "Uyg`ur tor" ko`chasida joylashgan xonadonlarning 80 kv.m. maydonda tomi va ichki qismi, 25 va 20 kv.m. maydonda tom qismlari (jami xonadonlarni 140 kv.m. maydoni) yongan.
Yong`in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.






