2023 yil 1 apreldan O`zbekiston qonunchiligida bir qator o`zgarishlar bo`ladi. Xususan:
- Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshadi
- Majburiy attestasiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar ro`yxati kengaytiriladi
- Pensiya oluvchilar Toshkent metropolitenidan kun davomida bepul foydalanadi
- Parrandachilik bilan shug`ullanuvchi tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar beriladi
- Aholiga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun subsidiya beriladi
- Avtotransportlar harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 60 kilometrgacha pasaytiriladi
- Xo`jalik jamiyatlari kuzatuv kengashining qimmatli qog`ozlarni chiqarish bo`yicha qarorlari muhim fakt sifatida oshkor qilinadi
- Ayrim tadbirkorlarga mol-mulkni sug`urta qilish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi
- Ayrim kasalliklarda nogironlik fuqarolarning ishtirokisiz belgilanadi
- Ko`p kvartirali uylarning noturar qavatlarida bog`chalar tashkil etishga ruxsat beriladi
- Professional ta`lim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari oshiriladi
- Halok bo`lgan harbiy xizmatchilar oila a`zolari ijtimoiy qo`llab-quvvatlanadi
- Yangi qurilgan ko`p qavatli ishlab chiqarish binolari uchun mol-mulk solig`i pasaytiruvchi koeffisientda to`lanadi
- Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o`rnatgan shaxslar mol-mulk va er solig`idan ozod etiladi
- Ayrim qishloq xo`jaligi texnikalari bojxona to`lovlari va utilizasiya yig`imidan ozod qilinadi






