Xorazm viloyati Qo`shko`pir tumanida 2 tup gujum daraxtlarini kesgan shaxsga 10 million so`m miqdorida jarima belgilandi.
Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi Xorazm viloyati boshqarmasi matbuot xizmati ma`lumot berdi.
Xabarga ko`ra, Qo`shko`pir tumani “Yangilik” mahallasi hududida joylashgan Az-Zamaxshariy masjidi yonida kesilgan 2 tup gujum daraxti kesilgan. Daraxtlarni shu tumanda yashovchi fuqaro R.R. hech qanday tashkilotlardan ruxsat olmasdan kesib tashlagani aniqlangan.
Holat yuzasidan fuqaro R.R.ga nisbatan Ma`muriy kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari yani 1 mln 500 ming so`m jarima hamda 8 mln 400 ming so`m tabiatga etkazilgan zarar hisoblangan.






