AsosiyJamiyat

O`zbekistonda har uchinchi ayol turmush o`rtog`i tomonidan o`ziga nisbatan zo`ravonlik sodir etilgan deb biladi

'O`zbekistonda har uchinchi ayol turmush o`rtog`i tomonidan o`ziga nisbatan zo`ravonlik sodir etilgan deb biladi'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda "Oila va xotin-qizlar" ilmiy-tadqiqot instituti axborot xizmati rahbari Manija Bahrieva ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, mazkur tadqiqot 2022 yilning dekabr 2023 yilning yanvar oylarida respublikaning 7 hududiy birligi: Qoraqalpog`iston Respublikasi, Buxoro, Andijon, Navoiy, Samarqand, Toshkent, Farg`ona viloyatlarida tazyiq va zo`ravonlikka duch kelgan 183 nafar xotin-qizlar orasida o`tkazildi.

Tadqiqot ishi doirasida 2022 yil davomida sodir etilgan tazyiq va zo`ravonlik holatlari tahlil qilindi, jabrlanganlar va soha mutaxassislari o`rtasida sosiologik so`rovlar o`tkazildi, shuningdek sohaga mas`ul bo`lgan tashkilot va idoralar faoliyati hamda Yaponiya, Singapur, Shveysariya, Avstraliya, Kanada, Argentina kabi  xorijiy davlatlar tajribasi o`rganildi. 

O`tkazilgan so`rov natijalariga ko`ra:

– 53% respondent hasad qilish, shaxsiy hayotga aralashish, rashk qilishni tazyiq va zo`ravonlik deb hisoblashadi;

– har uchinchi respondent (33,3%) menga nisbatan turmush o`rtog`im zo`ravonlik sodir etgan, degan fikrni bildirishgan, 26,2 foizi esa qaynonasi zo`ravonlik sodir qilishini ma`lum qilishgan;

– har to`rtinchi (26,7%) respondent ularga Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish markazi tomonidan psixologik yordam ko`rsatilganligini ta`kidlashgan;

– har beshinchi (21,6%) so`rov ishtirokchisi agarda unga nisbatan zo`ravonlik holati sodir etilsa, dastlab mahalla xodimlariga murojaat qilishini ma`lum qilgan;

– respondentlarning aksariyat qismi (42,5%) tazyiq va zo`ravonlik bo`yicha kerakli joyga murojaat qilgandan keyin turmush o`rtog`ining munosabati ijobiy tomonga o`zgarganligini qayd etishgan;

– har uchinchi (31%) respondent profilaktik oilaviy suhbatlar tashkil qilish orqali oilaviy zo`ravonlikni oldini olishning eng samarali chorasi deb hisoblaydi.

-har to`rtinchi ishtirokchi (26,2%) esa ta`lim muassasalarida maxsus o`quv dasturlari ishlab chiqish va ta`limga joriy qilish maqsadga muvofiq degan javobni bildirishgan.

 

 

183 nafar so`rov o`tkazilgan ayolning har uchinchisi shunday javob bergan. 

    Boshqa yangiliklar