Davlatimiz rahbarining joriy yil 24 fevraldagi «Ipakchilik tarmog`ini yanada rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risida»gi qarorida joriy yilgi bahorgi pilla etishtirish mavsumidan boshlab, tajriba tariqasida pillachilik klasterlari hamda Bo`ka va Ohangaron tumanlarida joylashgan manzil-koloniya tipidagi jazoni ijro etish muassasalari o`rtasida pilla xomashyosini etishtirish yuzasidan shartnomalar tuzish ko`zda tutilgan.
Shunga ko`ra, memorandum doirasida jazo muddatini o`tayotgan mahkumlarni qo`lda ipak va jun gilam hamda ipak mato to`qish yo`nalishi bo`yicha kasb-hunarga tayyorlash va ularga shartnoma asosida dastgohlar etkazib berish rejalashtirilgan.
Shuningdek, pillachilik korxonalari va jazoni ijro etish koloniyalari o`rtasida pilla etishtirishni yo`lga qo`yish rejalashtirilmoqda.






