Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar rivoji va aholi hayoti bilan tanishish maqsadida 30 mart kuni Qoraqalpog`iston Respublikasiga keldi.
Tashrif davomida yangi korxonalar ishga tushirilib, respublikada sanoatni rivojlantirish yo`nalishlari belgilanadi.
Shuningdek, davlatimiz rahbarining yoshlar bilan muloqot qilishi, mahallalardagi ishlarni ko`zdan kechirishi hamda madaniy tadbirda ishtirok etishi rejalashtirilgan.






