O`sh viloyatida Qirg`iziston Respublikasi fuqarolarining qalbaki pasportlarini tayyorlash kanali aniqlandi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasi matbuot markazi xabar berdi.
“O`sh viloyatida tug`ilgan Qirg`iziston fuqarosi X.U.O. U “IG (“Islomiy davlat”) xalqaro terrorchilik tashkiloti a`zolarining iltimosiga ko`ra, O`sh viloyatidagi ZAGSPRN organlaridagi aloqalari orqali terrorchilik faoliyatida ishtirok etganlikda ayblanib qidiruvda bo`lgan O`zbekiston fuqarolariga Qirg`iziston Respublikasining qalbaki pasportlarini tayyorlamoqchi bo`lgan”, - deyiladi xabarda.
Gumonlanuvchining uyida tintuv o`tkazilganda Qirg`iziston Respublikasi fuqarosining ikkita pasporti topilgan. Tekshiruv taqdim etilgan hujjatlarning qonuniyligini aniqlaydi. Hozirda tergov davom etmoqda.






