AsosiyJamiyat

Toshkent, Jizzax va Farg`onada fuqarolarni xorijga yuborishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

'Toshkent, Jizzax va Farg`onada fuqarolarni xorijga yuborishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan M.N. fuqarolar G.A. va K.O`.ning ishonchiga kirib, ularni go`yoki Migrasiya xizmatida ishlovchi tanishlari yordamida Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborish evaziga 6 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Mirzo Ulug`bek tumani bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar A.Sh. va K.N. fuqaro E.X.ning ishonchiga kirib, uni go`yoki Migrasiya xizmatida ishlovchi tanishlari yordamida Angliya davlatiga ishga yuborishi va hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Departamentning Marg`ilon shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.A. fuqarolar I.A. va U.I.ning ishonchiga kirib, ularni Yaponiya yoki Janubiy Koreya davlatlariga ishga yuborish evaziga jami 4 850 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlanib, ushbu pullar hisobidan 400 AQSh dollarini qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va  28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar