AsosiyJamiyat

Bugun 5 ta viloyatda yomg`irli ob-havo bo`ladi

'Bugun 5 ta viloyatda yomg`irli ob-havo bo`ladi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-22° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin, baland tog`li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Toshkent viloyatining tog`li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar