AsosiyJamiyat

#Ramazon-2023. Tutmagan ro`zalar qanday ado etiladi?

'#Ramazon-2023. Tutmagan ro`zalar qanday ado etiladi?'ning rasmi

“Men, qizlik paytim — 17  yoshdan beri ro`za tutaman. Lekin ro`za balog`at yoshiga etgandan keyin tutilishi kerak. Ro`za farz hisoblanadi. Endi shuncha yil tutmagan ro`zalarimni farzini qanday ado etay?”

JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim.

Ayol kishi hayz ko`ra boshlagan paytdan balog`atga etgan hisoblanadi. Uni bilmasa, 9 yoshdan deb hisoblaydi. Har yiliga 30 kun qazo ro`za to`g`ri keladi. Bo`lib-bo`lib tutish ham joiz, asosan yilning salqin paytlarida tutsangiz oson bo`ladi. Niyatida ِ"Falon yilning Ramazon ro`zasi qazosini tutishni niyat qildim", — deysiz.

Qazo ro`zalarni tutish uchun niyatni tong otmasdan avval qilish shart. Qazoda ham saharlik qilish sunnat. Kechasi tura olishiga ko`zi etmasa, ertasi kun qazo ro`zasi uchun quyosh botganidan keyin, uxlash oldidan niyat qilib yotishi ham joiz. Vallohu a`lam.

O`zbekiston musulmonlari idorasi

Fatvo hay`ati.


 

 

    Boshqa yangiliklar