AsosiyJamiyat

Javohir Sindorov “Rustam Qosimjonov xalqaro turniri” g`olibi bo`ldi

'Javohir Sindorov “Rustam Qosimjonov xalqaro turniri” g`olibi bo`ldi'ning rasmi

Iste`dodli shaxmatchi Javohir Sindarov 6,5 ochko jamg`argan holda mamlakatimizda ilk bor tashkil etilgan "Rustam Qosimjonov xalqaro turniri"ning “Masters” guruhida g`oliblikni qo`lga kiritdi.

Eronlik shaxmatchi Parxam Magsudlu 6 ochko bilan 2-o`rinni, hamyurtimiz Shamsiddin Vohidov 5 ochko jamg`argan holda uchlikka yakun yasadi. Ushbu guruhda g`oliblikka asosiy da`vogar sanalgan Nodirbek Abdusattorov kuchli beshlikdan o`rin oldi.

Xalqaro turnirning “Chellenjer” guruhida hamyurtimiz Ortiq Ne`matov va serbiyalik Aleksandar Indjich 6,5 ochkoga ega bo`lishdi. Ammo, koeffisentlar evaziga serbiyalik shaxmatchi 1-o`rinni hamyurtimiz Ne`matov ushbu guruhda 2-o`rinni egallaganligi qayd etildi.

    Boshqa yangiliklar