AsosiyJamiyat

O`tgan yili korxona va tashkilotlarda 81 ta baxtsiz hodisaga yo`l qo`yilgan, 28 ta holatda oqibat o`lim bilan tugagan

'O`tgan yili korxona va tashkilotlarda 81 ta baxtsiz hodisaga yo`l qo`yilgan, 28 ta holatda oqibat o`lim bilan tugagan'ning rasmi

O`tgan yilda Sanoat xavfsizligi qo`mitasi nazoratidagi korxona va tashkilotlarda 81 ta baxtsiz hodisaga yo`l qo`yilgan, 28 ta holatda oqibat o`lim bilan tugagan. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda  Tog`-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati rahbari Malika Mirjamolova ma`lum qildi.

Ro`y bergan baxtsiz hodisalarning kelib chiqish sabablari  

60 foizdan ortiq holatda tashkiliy sabab bilan, ya`ni ishlab chiqarishda ishlarning to`g`ri tashkil etilmaganligi va sanoat xavfsizligi sohasida xodimlar malakasining etishmasligi, texnik va texnologik jarayonlarda ishlab chiqarish intizomining pastligi, hamda ehtiyotsizlik yoki tavakkalchilikka yo`l qo`yishlar;

30 foiz holatda texnik sabablar – ya`ni texnik jihozlar va qurilmalarning nosozligi, ularning konstruktiv yangilanmasligi, me`yoriy hujjat va loyiha talablariga rioya etilmayotganligi, texnik qurilmalarga xizmat ko`rsatishda kamchiliklarga yo`l qo`yilishidir.

 

    Boshqa yangiliklar