Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumanida “Open budjet”da ovoz yig`ish maqsadida sim karta olish uchun o`quvchilardan 10 ming so`mdan pul yig`ilayotgani aytilgan videolar tarqaldi.
Toshkent viloyat hokimining axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisining ma`lum qilinishicha, videodagi holat Oqqo`rg`on tumanidagi 17-maktabda sodir bo`lgan.
"Toshkent viloyati, Oqqo`rg`on tumani, “Bayguli” MFYdagi 17-maktab o`quvchilari darsga kiritilmay, sim karta sotib olish uchun 10 ming so`mdan 20 ming so`mgacham pul olib kelish uchun o`z xonadonlariga jo`natilayotganiga oid videolar tegishli tashkilotlar tomonidan o`rganilmoqda.
Bugungi kunda keng ommalashib, xalq ovoziga aylanib borayotgan “Open budjet” kampaniyasini bunday talqin qilish, bolalardan foydalanishni oqlab bo`lmaydi.
Vaziyat viloyat hokimining o`rinbosari Otabek Sultonbekov tomonidan nazoratga olindi va o`rganish boshlandi.
Toshkent viloyati hokimligi yaqin soatlarda holat bo`yicha batafsil va asoslantirilgan axborot beradi, - deyiladi Matbuot kotibining bayonotida.






