AsosiyJamiyat

1 iyuldan Jismoniy shaxslarga ayrim davlat ko`chmas mulklarini xususiylashtirish uchun onlayn auksionga chiqarish bo`yicha ariza berish huquqi beriladi

'1 iyuldan Jismoniy shaxslarga ayrim davlat ko`chmas mulklarini xususiylashtirish uchun onlayn auksionga chiqarish bo`yicha ariza berish huquqi beriladi'ning rasmi

“Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–102-son, 24.03.2023 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qilmoqda. 

Qarorga ko`ra, quyidagilar tasdiqlandi:

-ommaviy savdolar orqali to`liqligicha sotiladigan 1 001 ta korxonaning aksiya paketlari (ulushlari) ro`yxati;

-aksiya paketlari “bitta aksiya – bitta lot” tamoyili asosida xalq IPOsini o`tkazish tartibida ommaviy savdolar orqali sotiladigan 40 ta korxona ro`yxati;

-ommaviy savdolar orqali sotiladigan 1 046 ta davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning ko`chmas mulk ob`ektlari ro`yxati;

-munisipal mulk ob`ektlarini belgilash mezonlari.

2023 yil 1 iyuldan jismoniy shaxslarga “Davlat mulki” axborot tizimi orqali maydoni 2 000 metr kvadratgacha bo`lgan davlat ko`chmas mulk ob`ektlarini xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun to`g`ridan-to`g`ri onlayn auksion savdolariga chiqarish bo`yicha ariza berish huquqi beriladi.

2023 yil 1 sentyabrdan:

▫️ko`chmas mulk ob`ektlari va davlat ulushlari xususiylashtirilganligi to`g`risidagi davlat namunasidagi order va sertifikat Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi;

▫️“E-auksion” elektron savdo platformasida elektron shaklda rasmiylashtiriladi;

▫️har chorakda joyiga chiqqan holda investisiya majburiyatlarining bajarilishini oraliq monitoring qilish tartibi bekor qilinadi;

▫️investisiya majburiyatlarining bajarilishi to`g`risidagi hisobotlarni qog`oz shaklida taqdim etish tartibi bekor qilinib, tegishli davlat organlari va tashkilotlarning elektron bazasini “Davlat mulki” axborot tizimiga integrasiya qilish va tadbirkorlar elektron tizimga kiritadigan ma`lumotlar orqali hisobotlarni olish yo`lga qo`yiladi.

2023 yil 1 sentyabrgacha davlat ixtiyoridagi istirohat bog`lari xatlovdan o`tkaziladi. 

    Boshqa yangiliklar