AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda qizning surat va videolarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik uchun 10 million so`m olayotgangan shaxs ushlandi

'Qashqadaryoda qizning surat va videolarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik uchun 10 million so`m olayotgangan shaxs ushlandi'ning rasmi

Yakkabog` tumanida 10 mln so`m talab qilgan tovlamachi ushlandi. Bu haqda  Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda. 

Departamentning Yakkabog` tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.H “A.B.” ismli qizning shaxsiy fotosuratlari va video tasvirlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali qo`lga kiritib, ushbu fotosuratlarni o`zining “Telegram”  profiliga qo`yib, uning shaxsiy hayot daxlsizligini buzib, surat va videolarni tarqatib yubormaslik evaziga qizdan 10 mln so`m talab qilib, ushbu pullarni kursdoshi Sh.T. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 141-1-moddasi (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) va 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar