Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Yo`l-patrul xizmati xodimlarining yo`l harakati qatnashchilari bilan o`zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritildi.
Xususan, o`zgartirish va qo`shimchalar quyidagilarni nazarda tutadi:
— transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste`mol qilganligi holatini aniqlashda narkotester maxsus moslamasidan foydalanish;
— narkotester maxsus moslamasi yordamida transport vositalari haydovchilarining giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar iste`mol qilganligi aniqlangan hollarda yo`l-patrul xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo`lgan harakatlar algoritmi.






