AsosiyJamiyat

Bugun poytaxtning beshta tumanida gaz o`chadi (ro`yxat)

'Bugun poytaxtning beshta tumanida gaz o`chadi (ro`yxat)'ning rasmi

Bugun, 28 mart kuni Toshkent shahrining beshta tumanida gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi.

«Hududgaz Poytaxt» matbuot xizmatining xabar berishicha, Yunusobod, Yashnobod, Olmazor va Sergeli tumanlari gaz ta`minoti bo`limi tomonidan bir qancha ta`mirlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Shu sababli joriy yilning 28 mart kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste`molchilarida gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi.

Yunusobod tumani

Aholi iste`molchilari:

— «Hasanboy» MFY, Xolis, Hamkorobod, Hamkorobod tor va Hamkorobod 1-7 tor ko`chalaridagi 400 ta uy xo`jaliklarida;

— «Sharq haqiqati» MFY 1-tor va Hasanboy, Baraka ko`chalaridagi 330 ta uy xo`jaliklarida hamda hududdagi jami 34 ta ulgurji iste`molchilarida;

Yashnobod tumani

Aholi iste`molchilari:

— G`alabaning 40 yilligi 3-4 mavzesida joylashgan 30 ta ko`p qavatli uylardagi jami 1 200 ta aholi xonadonlarida;

— «A.Temur» MFY hududida joylashgan 120 ta uy xo`jaliklarida.

Ulgurji iste`molchilar:

— «JARQO'G'ON GAZ METAN'' MChJ;

— «NORTH LAND STORE» MChJ;

— «MIDDLE ASIA ROTOPLAST» MChJ;

— «KARVON YOʼL» MChJ;

— «KRAFT WOOD GROUP» MChJ;

— «SEOK TEA GLOBAL» MChJ;

— «JOSPH CAPITAL» MChJ;

— «ASIA PIPEPLAST» MChJ;

— «UZCARLSBERG» MChJ;

— «SAHOVAT NON» MChJ;

— «DACROS» MChJ;

— «STEEL PROPERTY CONSTRUCTION» MChJ;

— «ORIGINAL TECHNOLOGIES» MChJ;

— «ELALOM FOOD COMPANY» MChJ;

— «RAHSHONA-H.H.'' MChJ;

— «ARENA INT PETRO AND CHEMICALS» MChJ;

— «INTERMOBILGAZ'' MChJ;

Olmazor tumani

Aholi iste`molchilar:

— «Qizg`aldoq» MFY 2-9 mavzesida joylashgan ko`p qavatli uylardagi jami 195 ta aholi xonadonlarida;

— Namunali ko`p qavatli uylardagi 8 ta, 3-qavatli uylardagi jami 600 ta aholi xonadonlarida.

Ulgurji iste`molchilar:

— «Market» – 4 ta;

— Ofis – 5 ta.

Sergeli tumani

Aholi iste`molchilar:

— Quruvchilar mavzesida joylashgan ko`p qavatli uylardagi jami 1 456 ta aholi xonadonlarida;

— Quruvchilar mavzesida joylashgan 12 ta uy xo`jaliklarida.

Ulgurji iste`molchilar:

— 1 ta maktabgacha ta`lim muassasasi;

— 4 ta novvoyxona;

— 2 ta qahvaxona;

— 5 ta ofis.

Shuningdek, Yakkasaroy tumani hokimligi ham ertaga soat 10:00 dan 18:00 ga qadar tumanda gaz ta`minotida to`xtatilishlar bo`lishi haqida ogohlantirgan. Ammo, aynan qaysi hududlarda gaz ta`minoti o`chirilishi haqida ma`lumot berilmagan.

    Boshqa yangiliklar