Buxoroda shahar IIO FMB tezkor qidiruv xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv tadbirlari natijasida, 2002 yilda tug`ilgan ayol, Andijon viloyati OITSga qarshi kurashish markazida 2018 yildan buyon OIV inveksiyasini yuqtirib olgan shaxs sifatida ro`yxatga olinib, boshqa shaxslarga kasallikni yuqtirish xavfini yuqtirgan holatlarda jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi to`g`risida ogohlantirilganligiga qaramasdan bir nechta shaxslarga OIV infeksiyasini yuqtirgan.
2019 yilning yoz oyidan hozirgi kunga qadar Buxoro shahrining turli manzillarida ijarada yashab kelib, betartib jinsiy hayot kechirib, fohishalik bilan shug`ullangan ayol, o`zining OIV infeksiyasiga chalinganligini bilib, qasddan bir necha shaxslarga yuqtirgan yoki ularga yuqtirish xavfi ostida qoldirgan.
Jabrlanuvchilar orasida 2001, 2002 va 2005 yillarda tug`ilgan yosh yigitlar ham bo`lgan.
Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchiga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






