AsosiyJamiyat

Iste`molchilarga so`nggi uch oyda 293 mlndan ziyod elektron chek berilganligi aytildi

'Iste`molchilarga so`nggi uch oyda 293 mlndan ziyod elektron chek berilganligi aytildi'ning rasmi

2023 yil 25 mart holatiga chakana savdo va xizmat ko`rsatish sohasida marketpleyslarning ma`lumotlar bazasi soliq organlari axborot tizimi bilan integrasiya qilinib, xaridorlarga joriy yilda umumiy qiymati 11,2 trln so`mlik 293,5 mln dona elektron chek taqdim etildi.

Shuningdek, elektron cheklar taqdim etilishi natijasida xaridorlarga avtomatik tarzda 50,1 mln dona elektron chek uchun 17,9 mlrd so`m keshbek hisoblandi.

Ro`yxatga olingan marketpleyslar – 137 ta.
Jumladan: 

Elektron to`lov tizimlari – 47 ta 
To`liq integrasiya qilingan – 31 ta (66%);
Integrasiya jarayonida  – 11 ta (23%);
Faoliyat yuritmayotgan (tugatilgan) – 5 ta (11%).

Bank mobil ilovasi – 33 ta
To`liq integrasiya qilingan  – 27 ta (82%);
Integrasiya jarayonida  – 4 ta (12%);
Faoliyat yuritmayotgan (tugatilgan)  – 2 ta (6%).

Internet do`konlar – 57 ta
To`liq integrasiya qilingan  – 18 ta (32%);
Integrasiya jarayonida  – 33 ta (58%);
Faoliyat yuritmayotgan (tugatilgan) – 6 ta (10%).

    Boshqa yangiliklar