AsosiySiyosat

1 apreldan O`zbekiston va Eron hukumatlari o`rtasida diplomatik pasport egalari viza talablaridan o`zaro ozod qilinadi

'1 apreldan O`zbekiston va Eron hukumatlari o`rtasida diplomatik pasport egalari viza talablaridan o`zaro ozod qilinadi'ning rasmi

O`zbekiston va Eron o`rtasida hukumatlararo bitim 2022 yil 14 sentyabrda Samarqand shahrida imzolangan edi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Ta`kidlanishicha, hujjat nomuayyan muddatga tuzilgan bo`lib, uning kuchga kirishi uchun zarur bo`lgan davlat ichki tartib-taomillarini tomonlar bajarganliklari to`g`risidagi so`nggi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan 30 kun o`tgach kuchga kiradi.

Eronning Toshkentdagi elchixonasi notasi, shuningdek bitim qoidalariga muvofiq, ushbu xalqaro shartnoma joriy yilning 1 aprelidan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar