AsosiyJamiyat

30 martgacha dunyoda 7 va undan yuqori magnitudali zilzila kuzatilishi xavfi mavjud emasligi ma`lum qilindi

'30 martgacha dunyoda 7 va undan yuqori magnitudali zilzila kuzatilishi xavfi mavjud emasligi ma`lum qilindi'ning rasmi

30 mart kuniga qadar dunyoda 7 va undan yuqori magnitudali zilzila kuzatilishi xavfi mavjud emas. Bu haqda O`zgidromet mutaxassisi Erkin Abdulahatov ma`lum qildi.

Astronomik sabablar bilan zilzila xavfi prognozlarini ishlab chiqishda mashhur niderland seysmologi Hugerbits o`z jamoasi bilan 25-26 mart kunlari Eron, Afg`oniston, Tojikiston va Hindiston shimoli Himolay tog` tizmalarida 4-5 magnitudali zilzila bo`lishini prognoz qilgan.

Mazkur magnitudali zilzilalar asosan doimiy seysmik faol tog`li hududlarda kuzatilishi mumkin va ular kuchli zilzila turiga kirmaydi.

Bugun Afg`oniston va Tojikistonda 4 va undan biroz yuqori magnitudali kuchsiz zilzilalar kuzatildi.

Eslatib o`tamiz, 21 mart kuni Afg`onistonda 6,6 balli zilzila sodir bo`ldi. Oqibatda Toshkent vaqti bilan 21:47 ta O`zbekistonda 5-6 balli zilzila qayd etilgandi.

Bundan tashqari, Toshkent vaqtida bilan 22-mart kuni soat 00:02 da Afg`onistonda yana 4 balli aftershok bo`lgandi. Sodir bo`lgan zilzilada Afg`oniston va Pokistonda 11 kishi halok bo`lgandi.

    Boshqa yangiliklar