Majburiy ijro byurosining Farg`ona viloyatining Yozyovon tumani bo`limi tomonidan IIB Yo`l harakati xafvsizligi bo`linmalarining tegishli qarorlariga asosan qarzdor D.Mamadalievdan davlat foydasiga jami 3 mln so`m ma`muriy jarimalar undirish haqidagi 10 ta ijro hujjatlari bo`yicha qarzdorga ixtiyoriy muddatlar berilgan. Shunday bo`lsada, fuqaro qarzini qoplash chorasini ko`rmagan.
Byuro tomonidan IIB YHXB xodimlari bilan hamkorligida olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida 24 mart kuni qarzdorga tegishli bo`lgan Lasetti avtomashinasi jarima maydoniga olib kirilgan.
Ma`lum qilinishicha, ushbu kuniyoq qarzdor M.D. tomonidan 3 mln so`m ma`muriy jarimalar va 150 ming so`m ijro yig`imi hamda 2 mln 400 so`m qo`shimcha jarimani to`ladi.
Shundan so`ng ijro hujjatlari tamomlanib, avtomashina egasiga qaytarildi.






