DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda 1996 yilda tug`ilgan, Samarqand shahrida yashovchi fuqaro J.Y. mahalliy fuqaroni 50 ming AQSh dollari evaziga "Toshkent — Evropa Ittifoqi — Meksika — AQSh" yo`nalishi orqali AQShga jo`natishni va`da qilib, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish uchun fuqaro N.T.dan "avans" sifatida 10 ming AQSh dollarini olyotgan vaqtida qo`lga olindi.
Fuqaro J.Y.ga tegishli avtomashina ko`zdan kechirilganida fuqaro N.T.ga tegishli xorijga chiqish pasporti, uning qizining ID-kartasi, tug`ilganlik haqidagi guvohnoma va hokazolar borligi aniqlanib, ashyoviy dalillar tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar bermoqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi.






