AsosiyJamiyat

Buxoroda do`kon yonib ketdi

'Buxoroda do`kon yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 26 mart kuni Buxoro shahridagi oziq-ovqat do`konlarining birida yong`in sodir bo`ldi. Holat bo`yicha viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, soat 09:25 da FVB navbatchilik qismiga Buxoro shahar M.Iqbol ko`chasi yo`l yoqasida joylashgan oziq-ovqat do`konidagi yong`in to`g`risida xabar kelib tushgan.  

2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga 09:32 da etib borib, uni 09:45 da o`chirishgan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q. Savdo do`konining 24 kvadrat metr maydonda shift qismi va savdo mahsulotlari yongan, savdo do`konining 35 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Yong`in elektr simlarining qisqa tutashuvi sababli yuzaga kelgan deb taxmin qilinmoqda. Hozirda uning moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar