2023 yil 26 martdan Vengriyaning “Wizz Air” loukoster aviakompaniyasi Abu-Dabi — Samarqand — Abu Dabi yo`nalishi bo`yicha parvozlar chastotasini oshiradi.
Parvozlar Airbus A320/A321 samolyotlarida haftasiga to`rt marta — seshanba, payshanba, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Ilgari aviatashuvchi ushbu yo`nalishda haftasiga uch marta — seshanba, payshanba va shanba kunlari parvozlarni amalga oshirgan.
Shuningdek, 2023 yil 18 apreldan boshlab “Wizz Air” Toshkentga parvozlar chastotasini oshirishni rejalashtirilmoqda: reyslar har kuni amalga oshiriladi. Ayni paytda aviakompaniya O`zbekiston poytaxtiga haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari parvozlarni amalga oshirmoqda.
“Wizz Air” 2003-yilda tashkil etilgan Vengriyaning loukoster aviakompaniyasi bo`lib, shtab-kvartirasi Budapeshtda joylashgan. 2022 yil iyul holatiga ko`ra “Wizz Air” aviaparki o`rtacha yoshi 5,3 yil bo`lgan 141 ta Airbus samolyotidan iborat.






