"Uzbekistan Airways" kompaniyasi 27 mart kuni "Toshkent-Frankfurt-Toshkent" yo`nalishi bo`yicha parvoz qiladigan HY231/232 reysi yo`lovchilari uchun muhim xabarni e`lon qildi.
Ma`lum qilinishicha, Germaniya aeroportlarida aviasiya sohasi xodimlarining 27 mart kuni bir kun davomida (00:00 dan 23:59 gacha) ish tashlashi e`lon qilinishi munosabati bilan aviakompaniyalarning tijoriy reyslarini bekor qilish bo`yicha ko`rsatma berilgan. Ushbu vaqt mobaynida Frankfurt-na-Mayn xalqaro aeroporti faoliyati vaqtincha to`xtatiladi.
Shu munosabat bilan, Toshkent-Frankfurt-Toshkent yo`nalishi bo`yicha HY231/232 reyslari faqat 27 mart kuni bekor qilinadi va yo`lovchilar 29 mart kuni navbatdagi HY231/232 reyslari bilan o`z manzillariga etkaziladi:
- Toshkentdan uchish mahalliy vaqt bilan (Toshkent) soat 09:45 da
- Frankfurtga kelish mahalliy vaqt bilan (Frankfurt) soat 13: 40 da
- Frankfurtdan uchish mahalliy vaqt bilan (Frankfurt) soat 15:10 da
- Toshkentga kelish mahalliy vaqt bilan (Toshkent) ertasi kuni soat 00:25 da
Qo`shimcha ma`lumot olish uchun "Uzbekistan Airways" aloqa markaziga: +998 78 140 02 00 yoki "Uzbekistan Airways" AJning Germaniyadagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz so`ralmoqda. Hebelstrasse, 11, 60318, Frankfurt am Main +49-69-133-76-167 / 170 / 171 / 172.
Yo`lovchilardan yuzaga kelgan vaziyatni to`g`ri tushunishlarini so`raymiz.






