AsosiyJamiyat

Uzoq tanaffusdan so`ng “S7 Airlines” aviakompaniyasi Irkutskdan Farg`onaga parvozlarni tiklamoqda

'Uzoq tanaffusdan so`ng “S7 Airlines” aviakompaniyasi Irkutskdan Farg`onaga parvozlarni tiklamoqda'ning rasmi

2023 yil 5 maydan boshlab Rossiyaning “S7 Airlines” aviakompaniyasi, uzoq tanaffusdan so`ng, Irkutsk — Farg`ona — Irkutsk yo`nalishi bo`yicha parvozlarni tiklaydi. Bu haqda "Uzbekistan Airways" xabar bermoqda. 

Reyslar Boeing 737-800 samolyotlarida haftada bir marta — juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda “S7 Airlines” aviakompaniyasi Toshkent, Buxoro, Samarqand, Urganch va Namangan xalqaro aeroportlariga parvozlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.

“S7 Airlines” — shtab-kvartirasi Novosibirskda joylashgan Rossiya aviakompaniyasi. U Rossiyadagi eng yirik xususiy aviatashuvchi bo`lib, 26 mamlakatning 180 dan ortiq shaharlariga yo`lovchi tashuvlarini amalga oshiradi.

 

    Boshqa yangiliklar