2023 yil 1 mart holatiga QQS to`lovchilar soni 175 mingdan oshdi. Bu o`tgan yil mos davriga nisbatan 16,4 foizga ko`p.
O`sish ko`rsatkichlari eng yuqori sohalar – TOP-3:
- axborot va aloqa xizmatlari – 31,9% (0,9 mingta);
- transport – 29,3 % (1,5 mingta);
- xizmat ko`rsatish – 18,8 % (3,1 mingta);
O`sish ko`rsatkichlari eng past sohalar – TOP-3:
- savdo – 15,1 % (8,5 mingta📈);
- qishloq xo`jaligi – 8,9 % (4,0 mingta📈);
- qurilish – 8,1 % (1,7 mingta📈).
Ma`lum qilinishicha, hozirda QQS to`lovchilarning yarmidan ortig`i quyidagi sohalarda faoliyat yuritmoqda:
- savdo – 55,5 mingta;
- qishloq xo`jaligi – 46,1 mingta.






