Ijtimoiy tarmoqlar orqali Andijon viloyati Baliqchi tumani "Oqtepa" MFY hududidan oqib o`tuvchi Qoradaryo daryosi chap qirg`oq dambasida emirilish sodir bo`lgani haqida xabarlar e`lon qilindi. Holat yuzasidan Andijon viloyat hokimligi rasmiy munosabat berdi.
Ma`lum qilinishicha, holat yuzasidan Andijon viloyati hokimligi, viloyat FVB, viloyat Norin-Qoradaryo irrigasiya tizimlari havza boshqarmasi hamda tegishli mutasaddilar ishtirokida ishchi guruh tuzilgan.
Hozirda viloyat hokimining o`rinbosari boshchiligida sel suv toshqin shtabi ishchi guruhi vakillari tomonidan ushbu holatni to`la nazoratga olgan holda bugungi kunda 450 m³ tosh va 5000 m³ shag`al ishlari bajarildi.
4 dona ekskavator 6 dona samosval, 4 dona boshqa turdagi og`ir texnikalar jalb qilinib xavfdan saqlash ishlari olib borilmoqda.
Yuz bergan hodisa oqibatida jabrlanganlar yo`q.






